Qoraqalpog‘iston Respublikasi OITSga qarshi kurashish markazi

Tashkiliy uslubiy bólim epidemiolog M.Sultanov

OILANI ASRASh O‘Z QO‘LINGIZDA OIV/OITS kasalligi aniqlangandan buyon oradan ko‘p yillar o‘tsa ham, ushbu kasallik butun jamiyat uchun muammoligicha qolmoqda va dunyo mamlakatlariga ulkan iqtisodiy va ijtimoiy zarar keltirmoqda. OIV kasalligi Qoraqalpog‘iston Respublikasida aholi orasida tobora ko‘payib borishi sog‘liqni saqlash tizimida jiddiy muammo bo‘lib qolmoqda. OIV bilan zararlangan bemorlardan epidemiologik surishtiruv jarayonida olib borilgan epidemiologik surishtiruv kartasida yuqish yo‘li va manbasini aniqlashda ko‘p xollarda OIV migratsiya davridaligida yuqqanligiga gumon qilinganligi va jinsiy yo‘l bilan yuqqanligi yuqori darajada bo‘lmoqda.
Yangi turmush qurgan er va xotin ishlash maqsadida chet yelga ishlashga ketadi oradan oylar o‘tib, turmush o‘rtog‘i xomilador bo‘lib, birgalikda o‘z yurtiga qaytadi va natijada o‘z xududida oilaviy poliklinika xomidor ayol xomiladorlik hisobiga olinadi va OIV infektsiyasiga tekshiriladi, shu paytda ikkalachi nikohdan o‘tib, OIV infektsiyasiga tekshirilib, ular orasida OIV infektsiyasi aniqlanmaydi. Yigit yana ishlash uchun chet yelga ketadi, oradan 8 oy o‘tib, o‘z yurtiga qaytib keladi. Oradan bir yarim yil o‘tib, yigit kasalligi tufayli teri-tanasil kasalliklar dispanserga boradi shifokor suxbatidan o‘tib, yigitni OIV infektsiyasiga tekshiriladi, natijasida OIV infektsiyasi aniqlanadi.
OITSga qarshi kurash markazi xodimlari epidemiologik surishtiruv natijasiga ko‘ra yigit chet yelda ishlab yurgan vaqtlarida begona ayollar bilan betartib jinsiy aloqada bo‘lib kelgan, natijada oila a’zolari turmush o‘rtog‘iga keyin esa emizikli farzandiga OIV infektsiyasi yuqadi.
OIV/OITSning oldini olishda har birimizdan, eng avvalo, sog‘lom turmush tarziga qat’iy rioya qilishimiz hamda o‘z salomatligimizni asrashga alohida e’tibor qaratishimiz kerak, xar qanday holatda ham ehtiyot bo‘lishimiz darkor.