
2025 yil 11-apreldagi ko’rsatma xati va “Respublika OITSga qarshi kurash markazi va uning tizimi korrupsiyadan holi tashkilot” shiori ostida markazda 2025 yilning 18 aprelida profilaktik tadbirlar to’grisida gapirdi va korrupsiyadan holi tashkilot yuzasidan xodimlarni bu borada olib borilayotgan harakatlar, manfaatlar to’qnashuvi haqida o’z fikr mulohazalarini bildirdi.
Yig’ilishda xodimlarning savol-javoblari faolligida o’tkazildi. Korrupsiyaga yo’l qo’ymaslik uchun barchani yanada hushyor bo’lishga chaqirdi. Korruptsiya alomatlariga gumon bo‘lganda markaz binosiga ildirilgan bannerdagi telefon raqamlariga yoki korruptsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ma’sul xodimga bildirish tushuntirildi. Xodimlarning odob ahloq qoidalariga rioya qilishlari yana bir bor eslatib o‘tildi.
Bosh vrach D.Madreimova yig‘ilish yakunida so‘z olib, “Respublika OITSga qarshi kurashish markazi va uning tizimi korruptsiyadan holi tashkilot” shiori ostida profilaktik tadbirlarni o’tkazishda mas’ul xodimlarining korruptsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olishda mas’uliyat bilan yondashishligini nazoratga olib, barcha shartsharoitlarni yaratib berish kerakligini tushuntirib o’tdi.
Tadbirda viloyat korrupsiyaga qarshi kurashish mutaxassisi A.Nazarbayeva “Respublika OITSga qarshi kurash markazi va uning tizimi korrupsiyadan holi tashkilot” nomli profilaktik davra suhbatida bu tadbirning mohiyati haqida tushuncha berdi.
Tadbir mobaynida hozirgi kunga kelib korrupsiyaga qarshi davlatimizda qilinayotgan ishlar, korrupsiyaviy holatlar kelib chiqqanda kimga va qayerga murojaat qilish kerakligi tog‘risida, markazda faoliyat yurituvchi barcha tibbiyot xodimlaridan korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘ymaslik va aralashib qolmasliklari, noqonuniy daromad topishga o‘rinmasliklari va noqonuniy ishlarga aralashmasliklari uqtirib o‘til

